[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Barselona" yulduz futbolchisi bilan xayrlashmoqchi: Daniel Olmo sotuvga qo‘yildi
+29°
ясно ветер 6.2 м/с, З
{multilanguage mode="link" template="multilanguage" order="code" sort="asc" actualshow="no"}

Prezident tibbiyot sohasida katta o‘zgarishlar va’da qildi: shifokorlarning oyligi 1500 dollarga yetadi!

Oʻzbekiston
54
Prezident tibbiyot sohasida katta o‘zgarishlar va’da qildi: shifokorlarning oyligi 1500 dollarga yetadi!
Bugun davlat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim va keskin qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda birgina tuman misolida 12 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan 7 ta yirik hamda 27 ta kichik poliklinikalarning tubdan qayta tashkil qilinishi belgilab berildi.

Ushbu yangilanishlar doirasida tuman markaziy poliklinikasi endi tuman shifoxonasi qoshidagi zamonaviy maslahat-diagnostika markaziga aylantiriladi. Bu yerda aholiga tor soha mutaxassislari – kardiolog, endokrinolog, onkolog kabi yuqori malakali tibbiy xodimlar xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.

Qabul qilingan qarorlar bilan tibbiy xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash hamda ularning ish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, yangilangan poliklinikalarda ish boshlaydigan oilaviy shifokorlarning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiralarning oyligi esa 300 dollar bo‘lishi belgilandi.

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari o‘z malakalarini oshirib, tegishli sertifikat oladigan bo‘lsalar, bazaviy maoshiga yana shuncha miqdorda ustama qo‘shiladi. Bu degani, malakali shifokorlar kamida 1000 dollar, hamshiralar esa 600 dollar bazaviy ish haqiga ega bo‘ladilar.

Prezident bu borada yana bir muhim jihatga alohida e’tibor qaratdi. Agar tibbiyot xodimlari o‘z mahallalarida uyma-uy yurib, aholining salomatligi holatini kuzatib borishsa, surunkali kasalliklarga chalinganlarni doimiy nazoratga olib, ularga kasallikni boshqarish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishsa, og‘ir kasalliklarning erta bosqichda aniqlanishini ta’minlab, favqulodda vaziyatlarning oldini olishsa, ularga qo‘shimcha moddiy rag‘bat berish choralari ko‘riladi.

Masalan, infarkt, insult, onkologiya va diabet kabi xavfli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab, aholining tez tibbiy yordam va statsionarlarga murojaatini sezilarli darajada kamaytirishga erishgan shifokorlarga yana 500 dollar, hamshiralarga esa yana 300 dollar qo‘shimcha bonus to‘lanadigan bo‘ldi.

Natijada, yuqori malakali va samarali ishlagan oilaviy shifokorlarning oyligi 1500 dollargacha, hamshiralarning oyligi esa 600-800 dollargacha yetadi.

Prezident bu islohotlarning asosiy maqsadi shifokorlar va hamshiralarning nafaqat oyligini oshirish, balki umuman inson qadrini yuksaltirish ekanligini alohida ta’kidladi.

Endilikda mahallalarda aholining salomatligi bilan bog‘liq har qanday og‘ir holat – infarkt, insult, onalar va bolalarning erta o‘limi, surunkali kasalliklar oqibatida kelib chiqqan nogironlik favqulodda holat sifatida qabul qilinadi.

Bu kabi o‘zgarishlar aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishda tarixiy ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Tibbiyot sohasidagi bu o‘zgarishlar xalqimiz uchun uzoq kutilgan ijobiy yangilikdir.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Oʻzbekistondagi avtomobillar narxida qanday oʻzgarishlar boʻlmoqda?
Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendentsiyasi 2025 yilning yanvar oyida ham davom etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Avto 20:23, 12-02-2025
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 20% gacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Xitoyning fentanil oqimiga qarshi yetarlicha chora
Iqtisodiyot 03:36, 4-03-2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi
Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi
Foto: DesignBoom Yaponiyaning ZZZN kompaniyasi Sleep Apparel System nomli yangi innovatsion paxmoq kurtkani taqdim etdi. U foydalanuvchilarga istalgan joyda va vaqtda uxlash imkonini berib, nafaqat
Texnologiya 19:29, 19-02-2025