
«Bayer» sport direktori Simon Rolfes jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning mavsum oxirida jamoadan ketishi haqida o‘z munosabatini bildirdi.
«Xabi Alonso «Bayer» klubining rivojlanish yo‘lida haqiqiy burilish nuqtasi bo‘ldi. U bilan birgalikda biz maydonda ko‘rsatgan o‘yinimiz, jamoaviy ruh va o‘ziga xos uslub bilan butun futbol jamoatchiligini lol qoldirgan jamoani shakllantirdik. Biz birgalikda erishgan natijalar va klubimizning hozirgi mavqei bilan faxrlanamiz. Uning kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishishiga tilakdoshmiz va ishonamanki, kelajakda yo‘llarimiz yana ko‘p marta kesishadi», – dedi Rolfes.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xabi Alonso mavsum yakunlanishi bilan «Bayer»ni tark etishini rasman ma’lum qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis «Real Madrid» bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
«Bayer» rahbariyati Alonsoning klub uchun qilgan xizmatlarini yuqori baholab, uning jamoaga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi.