
O'zbekistonda yangi texnik universitet — Tashkent Tech tashkil etiladi, deb Kursiv.media xabar berdi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, universitet yangi avlod muhandislarini tayyorlashga qaratilgan bo'lib, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradi.
Tashkent Tech Toshkent davlat texnik universiteti bazasida tashkil etiladi. Universitetni tashkil etishda Boston Consulting Group kompaniyasi ko'maklashadi.
Mirziyoyeva ta'kidlaganidek, ushbu oliygoh O'zbekistonning texnologik suvereniteti va sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Tashkent Tech universitetini ochish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan.
Ozbekiston, Tashkent Tech, Saida Mirziyoyeva, Boston Consulting Group, Shavkat Mirziyoyev